Oʼzbekiston geografiya jamiyati 120 yildan ortiq tarixga ega. Jamiyat geografik tadqiqotlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, geograflarning ilmiy asarlarini nashr etish va geografik bilimlarni targʼib qilish kabi muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.
Jamiyat tomonidan oliy oʼquv yurtlari bilan hamkorlikda qator xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil etilmoqda. Bugungi kunda Oʼzbekiston Geografiya jamiyati tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot loyihalari va ommabop ilmiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Yigʼilishda tashkiliy masala koʼrib chiqildi. Iqtisod fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Oybek Norinboyev bir ovozdan Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi etib saylandi.
Oybek Norinboyev 2018-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʼrinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan. Bunga qadar respublikamizning bir qator tijorat banklarida samarali mehnat qilib, Qishloq qurilish bank hamda Аsaka bankda rais oʼrinbosari lavozimlarida, shuningdek, "Oʼzmilliybank"da turli rahbar lavozimlarida ishlab kelgan.