Home/Jamiyat haqida/Jamiyat tuzilmasi

Jamiyat tuzilmasi

Qurultoy
​​​​​​​
Oʼzbekiston Geografiya jamiyatining yuqori boshqaruv organi boʼlib, jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy qaror va hujjatlarni ishlab chiqadi. Oʼzbekiston Geografiya jamiyatining I sʼezdi 1980 yil Toshkent shahrida oʼtkazilib, hozirgacha uning 9 ta sʼezdi oʼtkazildi. 1980-2000 yillarda Jamiyat sʼezdlari har besh yilda, 2000-2009 yillar oraligʼida har uch yilda oʼtkazildi, 2009 yildan keyin esa, Jamiyat nizomiga kiritilgan tegishli oʼzgartirishlarga muvofiq, yana har besh yilda oʼtkaziladigan boʼldi. Zaruriyat yuzaga kelganda navbatdan tashqari Qurultoy chaqirilishi mumkin.
Qurultoy vakolatlariga quyidagi masalalar kiradi:
  • Qurultoylar orasidagi davrga moʼljallangan ishlar yakunlarini muhokama etish;
    ustavga oʼzgartirish hamda qoʼshimchalar kiritish;
  • jamiyat faoliyatining asosiy yoʼnalishlarini belgilash va jamiyatni rivojlantirish boʼyicha boshqa muhim masalalarni koʼrib chiqish;
  • jamiyatni qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish boʼyicha qaror qabul qilish;
    Ilmiy kengash va Nazorat-taftish komissiyasi tarkibi va aʼzolari sonini belgilash, ushbu tarkibdan ilmiy kengash va Nazorat-taftish aʼzolari hamda jamiyat raisi va uning oʼrinbosarlarini 5 yil muddatga saylash;
  • Ilmiy kengash va Nazorat-taftish komissiyasi faoliyati yuzasidan hisobotlarni koʼrib chiqish va tasdiqlash;
  • Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari hamda ustav maqsad va vazifalariga zid boʼlmagan boshqa masalalarni ham hal qilish.
Ilmiy kengash
Ilmiy kengash quyidagi vakolatlarga ega:
  • navbatdagi va navbatdan tashqari Qurultoyni chaqirish, uning kun tartibini belgilash hamda Qurultoy qarorlari, jamiyat Ustavining ijrosini taʼminlash, shuningdek hududiy boʼlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • oʼz faoliyaati yuzasidan xisobotni tasdiqlash uchun Qurultoyga kiritish;
  • hududiy boʼlinmalarni tashkil yetish, qayta tashkil yetish va tugatish toʼgʼrisidagi qarorlar qabul qilish; 
  • hududiy boʼlinmalar toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
  • jamiyatning  xarakatlar smetasini va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
  • jamiyatning mol-mulkini tasarruf qilish;
  • jamiyat ramzini tasdiqlash, unga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish;
  • Rayosat aʼzolari sonini belgilash va ushbu miqdorda ularni saylash;
  • jamiyat faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Rayosat
Riyosat vakolatiga quyidagilar kiradi:
  • jamiyat Qurultoyi  va Ilmiy kengash qarorlari ijrosini taʼminlash;
  • jamiyat faoliyatining istiqboldagi asosiy yoʼnalishlarini  bajarish boʼyicha vazifalarni, ish yoʼnalishi va uslublarini belgilash;
  • jamiyatning barcha ilmiy, nashriyot va kundalik faoliyatiga, boʼlinmalar ishiga raxbarlik qilish, boʼlinmalarning rejasini tasdiqlash;
  • jamiyat boʼlinmalarning shaxsiy tarkibini hamda raxbar organlarini, shuningdek ular ishini va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
  • vazirliklar, tashkilotlar hamda manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlariga geografik sohasiga  oid hal qilinadigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
  • jamiyat aʼzoligiga qabul qilish va aʼzolikdan chiqarish toʼgʼrisidagi qarorlar qabul qilish;
    jamiyat aʼzolari toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash;
  • yuqori organ vakolatlariga  kiritilmagan  jamiyatning faoliyatini takomillashtirish  va boshqa masalalar boʼyicha qarorlar qabul qilish.
Nazorat-taftish komissiyasi

Jamiyatning moliyaviy-xoʼjalik faoliyati, mablagʼlarni maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni Qurultoy tomonidan 3 kishidan iborat tarkibda, 5 yil muddatga saylangan Nazorat-taftish komissiyasi amalga oshiriladi.
Nazorat-taftish komissiyasi raisi va aʼzolari jamiyatning boshqa faoliyatlarida qatnashishlari, Qurultoy va Ilmiy kengash tarkibiga kirishlari mumkin emas.

Nazorat-taftish komissiyasi  reja asosida bir yilda kamida bir marta, shuningdek Qurultoy yoki Ilmiy kengash qarorlari asosida rejadan tashqari taftish qiladi.

Nazorat-taftish komissiyasi oʼz faoliyatini normativ-huquqiy xujjatlar va mazkur ustav asosida amalga oshiradi.

Nazorat-taftish komissiyasi faoliyati yuzasidan hisobotlar Qurultoyda koʼrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jamiyat raisi

Qurultoy tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Jamiyat raisi quyidagi vakolatga ega:
  • ​​​​​​​jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
  • Ustav talablari, Qurultoy, Ilmiy kengash, Rayosat qarorlarini bajarilishini tashkil qilishga koʼmaklashish hamda ushbu vazifalarni bajarilishini nazorat qilish;
  • Ustav talablari, Qurultoy, Ilmiy kengash, Rayosat qarorlarini bajarilishi yuzasidan Jamiyat raisining oʼrinbosarlariga bajarilishi majburiy boʼlgan topshiriqlar berish;
  • yuqori rahbar organlarning mutlaq vakolatiga kiritilmagan boshqa barcha masalalar boʼyicha mustaqil qarorlar qabul qilish va faoliyatni amalga oshirish;
  • jamiyat nomidan konfirentsiya, simpozium, sʼezd va boshqa turli tadbirlarda ishtirok etish;
    jamiyat ilmiy kengashi va Rayosati majlislarida rahbarlik yoki ushbu vazifani rais oʼrinbosarlaridan biriga yuklash;
  • jamiyat nomidan ishonchnomasi ish yuritish;
  • jamiyat nomidan ishonchnomalar berish;
  • jamiyat hujjatlariga birinchi imzo qoʼyish huquqidan foydalanish;
  • jamiyat faoliyatini yaxshilashga va yuritishga  oid loyixalar ishlab chiqish va konferentsiya muhokamasiga taqdim etish;
  • xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʼshatish boʼyicha buyruqlar qabul qilish.
Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена