Home/Ekspeditsiyalar/Rus Geografiya jamiyati Penza boʼlimining Oʼzbekiston Respublikasiga “Zamonaviy etnomir” ekspeditsiyasi

Rus Geografiya jamiyati Penza boʼlimining Oʼzbekiston Respublikasiga “Zamonaviy etnomir” ekspeditsiyasi

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati va Rus Geografiya jamiyatining ijodiy hamkorlikning muhim sahifalari Rus Geografiya jamiyatining Penza boʼlimi tomonidan tashkil etilgan 2018 yil oktyabr oyidagi “Zamonaviy etnomir” ekspeditsiyasi boʼldi. Uning maqsadi Oʼzbekistondagi rus va rusiyzabon aholining turmush tarzi va madaniyatini oʼrganish edi. Oʼzbekiston Geografiya jamiyati vakillari Toshkent, Samarqand va Buxorodagi obʼektlarni maqsadli oʼrganishda ekspeditsiyaning ishida bevosita ishtirok etdilar.

Rossiya ekspeditsiyasi ishtirokchilariga Oʼzbekistonda rus va rusiyzabon aholining dinamikasi va hududiy tarkibi, respublikada rus tili va madaniyatining tarqalishidagi hududiy tafovutlar bilan bogʼliq ilmiy va statistik maʼlumotlar berildi. Ekspeditsiya natijalariga koʼra, Rossiyadagi turli bosma va elektron nashrlarda Oʼzbekiston va unda rus tili va madaniyatining rivojlanishiga oid bir qator ilmiy va ilmiypublitsistik maqolalar chop etildi, shuningdek, Penza shahrida Oʼzbekistonga bagʼishlangan keng koʼlamli fotokoʼrgazma tashkil etildi.

Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена