2018 yil aprel oyida Toshkentda Oʼzbekiston Geografiya jamiyati va Qozogʼiston Milliy Geografiya jamiyati oʼrtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.
2018 yil may oyida Qozogʼiston Milliy Geografiya jamiyatining maxsus loyihasi doirasida bir guruh qozogʼistonlik tadqiqotchilar Orol dengiziga yirik xalqaro ekspeditsiya tashkil etib, yoʼlda Oʼzbekistondagi tarixiy va madaniy turizmning eng muhim markazlariga tashrif buyurishdi - Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga.