Rossiya Federal axborot-siyosiy jurnali «Persona strani»
2022 yilning 14 yanvar kuni Toshkent shahrida Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinboev va Rossiya Federal axborot-siyosiy jurnali «Persona strani» bosh muharriri Yelizaveta Abramova oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Ushbu uchrashuvda taʼlim, fan, ommaviy axborot vositalari, innovatsiya, texnologiya va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu uchrashuv doirasida Rossiya va Oʼzbekiston ommaviy axborot vositalarida geografiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, tajriba va axborot almashinuvi, ilmiy aloqalarni rivojlantirish, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xaqidagi maʼlumot va materiallarni yoritib borilishiga ham kelishib olindi.
Yuqoridagi yoʼnalishlar boʼyicha kelgusida hamkorlikda ishlash va hamkorlik qilish uchun asos yaratish, shu jumladan, ikki davlatning jurnalistik, taʼlim, tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirishga koʼmaklashish maqsadida Oʼzbekiston Geografiya jamiyati va Rossiya Federal axborot-siyosiy jurnali «Persona strani» oʼrtasidagi uchrashuv yakunlari boʼyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunlari boʼyicha hamkorlikning koʼrib chiqilgan yoʼnalishlari doirasida kelgusida amalga oshirildaigan tadbirlar belgilab olindi.