Home/Loyihalar/Oʼzbekiston Geografiya jamiyatining 2019 yil 13-15 noyabr kunlari Toshkent shahrida oʼtkazilgan «Ipak yoʼlida turizm» XXV Toshkent xalqaro turizm yarmarkasidagi ishtiroki

Oʼzbekiston Geografiya jamiyatining 2019 yil 13-15 noyabr kunlari Toshkent shahrida oʼtkazilgan «Ipak yoʼlida turizm» XXV Toshkent xalqaro turizm yarmarkasidagi ishtiroki

Oʼzbekiston Respublikasi Turizmni  rivojlantirish davlat qoʼmitasi tashkilotchiligida 2019 yilning 13-14-15 noyabr kunlari Toshkent shahrida oʼtkazilgan “Ipak yoʼlida turizm” XXV Toshkent Xalqaro turistik koʼrgazmasi Oʼzbekiston Geografiya jamiyati ilk bor ishtirok etdi.

Koʼrgazmada Oʼzbekiston Geografiya jamiyatining umumiy faoliyati, Oʼzbekistonda turizmni rivojlantirish boʼyicha olib borayotgan ishlari, Respublikamiz hududida joylashgan tarixiy – madaniy obʼektlar, ekoturistik obʼektlariga bagʼishlagan ishlar namoyish etildi.

“Uzekspotsentr” pavilyonlarida boʼlib oʼtgan ushbu xalqaro tadbirda jamiyat tomonidan “Qadimiy Fargʼona: “Samoviy tulporlar”, “Temir darvoza”, “Eski Xovos: ayol maʼbuda maskani”, “Qizilqum bagʼridagi tarixiy-madaniy obʼektlar” arxeologik-geografik ekspeditsiyalar toʼgʼrisida maʼlumotlar berilib, ularga qatnashish boʼyicha tushintirish ishlari olib borildi.

Yubiley koʼrgazma davomida jamiyat tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining tarixiy-madaniy obʼektlari, arxeologik-geografik ekspeditsiyalar va jamiyat faoliyatiga doir 1500 donadan ortiq buklet, flayerlar tarqatildi.

Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена