Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi

« Back

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi 16.08.2021 00:00

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati aʼzolarining navbatdan tashqari yigʼilishi boʼlib oʼtdi va unda jamiyatning yangi raisi tayinlandi.

Iqtisod fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Oybek Norinboev bir ovozdan Oʼzbekiston geografiya jamiyati raisi etib saylandi.

Oybek Norinboev 2018-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʼrinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan. Bunga qadar respublikamizning bir qator tijorat banklarida samarali mehnat qilib, Qishloq qurilish bank hamda Аsaka bankda rais oʼrinbosari lavozimlarida, shuningdek, "Oʼzmilliybank"da turli rahbar lavozimlarida ishlab kelgan.

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati 120 yildan ortiq tarixga ega. Jamiyat geografik tadqiqotlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, geograflarning ilmiy asarlarini nashr etish va geografik bilimlarni targʼib qilish kabi muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. 

Bugungi kunda Oʼzbekiston Geografiya jamiyati tomonidan yirik ilmiy va ilmiy-ommabop loyihalarni amalga oshirish maqsadida respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etish boʼyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена