Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/Turkiyada Oʼzbekiston Geografiya jamiyati koʼmagida Buxoro xonligidan hozirgi davrga qadar Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi munosabatlarga bagʼishlangan kitob nashr etildi

Turkiyada Oʼzbekiston Geografiya jamiyati koʼmagida Buxoro xonligidan hozirgi davrga qadar Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi munosabatlarga bagʼishlangan kitob nashr etildi

« Back

Turkiyada Oʼzbekiston Geografiya jamiyati koʼmagida Buxoro xonligidan hozirgi davrga qadar Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi munosabatlarga bagʼishlangan kitob nashr etildi 14.01.2022 17:57

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, tarixiy aloqalar oʼrnatish va bu boradagi ilmiy adabiyotlarni nashr etish ustuvor vazifalarimiz sirasiga kiradi. Bularning barchasi bilan bir qatorda, merosimizni tadqiq etish, muhofaza qilish va ommalashtirish ishlarini keng targʼib qilish ham Oʼzbekiston Geografiya jamiyati faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari etib belgilangan.

Bugungi kunda Oʼzbekiston Geografiya jamiyatida bu borada yirik ilmiy loyihalar amalga oshirilib, muhim tadqiqotlar nashr etilmoqda. Shuningdek, turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, hamkorlikni kengaytirmoqda.

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati koʼmagida chop etilgan ushbu kitobda Buxoro xonligining tashkil topganidan hozirgi kungacha boʼlgan Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi munosabatlar xronologik tartibda, shuningdek, oʼzbek jamoat arbobi Turkiyada Usmon Kojaoʼgʼli nomi bilan tanilgan Usmon xoʼja Poʼlatxoʼjaevning hayoti va siyosiy faoliyati bayon etilgan.

Mazkur ilmiy tadqiqot Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi besh yuz yildan ortiq munosabatlar tarixini, ikki xalq oʼrtasidagi ezgu qardoshlik va hamkorlik namunalarini yoritib bergan.

Ushbu kitobning mualliflari ilmiy tadqiqotchilar Said-Abdulaziz Yusupov va doktor Usmon Qubilay Guldir.

Ushbu kitob arxiv hujjatlari va mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan foydalangan holda tayyorlangan, shu bilan birga ilgari adabiyotga kiritilmagan yoki kam oʼrin egallagan masalalarga oydinlik kiritishga ham harakat qilingan.

Kitob turk tilida nashr etilgan boʼlib, uch qismdan iborat:

- birinchi qismda Usmonli Turk Imperiyasi bilan aloqalar muhokama qilingan;

- ikkinchi qismda hozirgi Turkiya va Oʼzbekiston munosabatlarigacha boʼlgan davr baholangan;

- uchinchi qismda Usmon Kojaoʼgʼlining hayoti va siyosiy faoliyati haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Ushbu kitob 5000 nusxada chop etilib, Turkiyaning bir qator oliy oʼquv muassasalariga ham tarqatilgan.


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена