2022 yilning 17 mart kuni Turkiy dunyo instituti (Germaniya) direktori professor Nejati Demir Turkiy dunyo instituti mukofotini topshirish uchun Oʼzbekiston Geografiya jamiyatiga rasmiy tashrif bilan keldi.
Oʼzbekiston Geografiya jamiyatining bugungi rahbarligida amalga oshirilayotgan ishlar samarali deb eʼtirof etildi. Buning belgisi sifatida jamiyat raisi Oybek Norinbayevga mamlakatlarimizning madaniy merosi va ilmiy salohiyatini kengaytirishga qoʼshgan hissasi uchun Turkiy dunyo institutining mukofoti topshirildi.
Shu bilan birga, shu kuni Toshkent shahrida Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinbayev va Turkiya vakillari, xususan, Turkiy dunyo instituti direktori professor Nejati Demir, Niksar shahar meri Ozdilek Ozjon va muhandis-geolog Huseyn Shahin oʼrtasida geografiya, fan, ilmiy-tadqiqot, taʼlim va ikki tomonlama hamkorlikning boshqa sohalarida qoʼshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.