Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Turkiy Davlatlar Geografiya kengashi Bosh kotibini qabul qildi

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Turkiy Davlatlar Geografiya kengashi Bosh kotibini qabul qildi

« Back

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Turkiy Davlatlar Geografiya kengashi Bosh kotibini qabul qildi 29.07.2023 17:30

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev tashkilotning Istanbuldagi bosh qarorgohida Turkiy Davlatlar Geografiya kengashi Bosh kotibi iqtisod fanlari falsafa doktori (phd) Oybek Norinbaevni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar umumiy kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar va kelgusida birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkiya, Oʼzbekiston va Vengriya geografiya jamiyatlaridan iborat Turkiy Davlatlar Geografiya Kengashi 2023 yil 8 mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan.

Kengash turkiy davlatlarning boy tabiiy va madaniy merosini targʼib qilish orqali jamiyatlar oʼrtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar sohalarida bilim va tajriba almashish, ilmiy maqolalar, jurnallar chop etish, turizm hamda boshqa oʼzaro aloqador sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma boʼlib xizmat qilishni maqsad qilgan.

tdt-genel-sekreteri-turk-devletleri-cografya-konseyi-baskanini-kabul-etti-64c431cbac049-lg tdt-genel-sekreteri-turk-devletleri-cografya-konseyi-baskanini-kabul-etti-64c431ce2e9de-lg tdt-genel-sekreteri-turk-devletleri-cografya-konseyi-baskanini-kabul-etti-64c431d12a45a-lg

https://www.turkicstates.org/en/haberler/the-ots-secretary-general-received-chairman-of-the-geographical-council-of-turkic-states_2998


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена