Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/SHАVKАT MIRZIYOEV QАSАMYОD QАBUL QILIB, DАVLАT RАHBАRI LАVOZIMIGА KIRISHDI.

SHАVKАT MIRZIYOEV QАSАMYОD QАBUL QILIB, DАVLАT RАHBАRI LАVOZIMIGА KIRISHDI.

« Back

SHАVKАT MIRZIYOEV QАSАMYОD QАBUL QILIB, DАVLАT RАHBАRI LАVOZIMIGА KIRISHDI. 15.07.2023 15:33

Yurtimizda 9 iyul kuni boʼlib oʼtgan muddatidan ilgari saylovda Oʼzbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalarining qoʼshma majlisida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

Inauguratsiya Senat binosida boʼlib oʼtdi. Marosim boshlanishidan avval Senat majlislar zaliga shtandart (bayroq) va prezident belgisi olib kirildi.

Marosimda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirziyoevga “Oʼzbekiston prezidenti etib saylanganligi toʼgʼrisida”gi guvohnomani topshirdi. Shundan soʼng, prezident Oliy Majlis yigʼilishida quyidagi qasamyodni qabul qildi:

"Oʼzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".

Shavkat Mirziyoev tantanali qasamyod qilib, oʼz lavozimiga kirishdi,

Shundan soʼng Prezident quyidagi soʼzlarni aytdi:

«Menga yuksak ishonch bildirib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga yana bir bor chin qalbimdan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

 Muqaddas Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼiga, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrogʼiga yuksak hurmat bajo keltiraman.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishimni men inson huquq va erkinliklarini, xalq manfaatini taʼminlashga qaratilgan siyosatimizning yana bir yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilaman».

Bundan tashkari, Shavkat Mirziyoev Prezident saylovi yangilangan Konstitutsiyamiz asosida oʼtkazilgani unga chinakam xalqchil ruh va mazmun bagʼishlaganini taʼkidladi.

"Ushbu saylovda xalqimiz oʼz xohish-irodasini emin-erkin bildirib, Yangi Oʼzbekiston uchun ovoz berdi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Mamlakatimiz hayotidagi gʼoyat muhim va masʼuliyatli bu siyosiy jarayon el-yurtimiz bilan birgalikda tanlagan va amalga oshirayotgan milliy taraqqiyot yoʼlimiz naqadar toʼgʼri ekanini yana bir marta tasdiqladi.

Saylovda 15 ta xalqaro tashkilotdan 466 nafar, 47 ta xorijiy davlatdan 331 nafar vakil xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Shu bilan birga, 1400 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar saylov jarayonlarini atroflicha yoritib bordi.

 Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining uzoq muddatli missiyalari butun saylov jarayonlarini bevosita kuzatib bordi.

Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi Parlamentlararo assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkilotidan ham kuzatuvchilar ishtirok etdi. Bularning barchasi ushbu saylov jahon hamjamiyatida katta qiziqish uygʼotganini koʼrsatadi.

Mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar saylov milliy qonunchiligimiz va umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida, erkin va demokratik, sogʼlom raqobat va siyosiy kurash muhitida, ochiqlik va shaffoflik ruhida oʼtganini eʼtirof etdilar.

Bu, oʼz navbatida, barchamizni birlashtirib, oʼz kuch va imkoniyatimizga boʼlgan ishonchimiz, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi masʼuliyatimizni yanada oshirishi tabiiy, albatta"

Xayotimning maʼno-mazmuniga aylangan buyuk maqsad – Yangi Oʼzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yoʼlida sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birga tinimsiz ishlashga, bor kuch-gʼayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etishga tayyorman.

Men bilan bir safda sizlardek aziz qadrdonlarim, duogoʼy otaxon va onaxonlarimiz, azamat aka-ukalarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimiz borligi menga bitmas-tuganmas kuch-gʼayrat, ruh va ilhom beradi.

Ishonchim komil, barchamiz birgalikda Yangi Oʼzbekistonni – inson qadri ustuvor boʼlgan jamiyat va xalqparvar davlatni albatta quramiz!

Barchamizni mana shunday ulugʼ maqsadlar yoʼlida birlashtirgan xalqimiz, Vatanimiz doimo omon boʼlsin!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning oʼzi madadkor boʼlsin!

Yashasin Oʼzbekiston! Yashasin Oʼzbekiston xalqi!", dedi Prezident Shavkat Mirziyoev soʼzining yakunida.

 

Ushbu marosimda, Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi iqtisod fanlari falsafa doktori Norinbaev Oybek Kabiljanovich ham ishtirok etdi va Prezidentimizni shaxsan muborakbod etib, ularga amalga oshirilayotgan ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.

photo_2023-07-15_15-20-28 photo_2023-07-15_15-20-31 photo_2023-07-15_15-20-13 photo_2023-07-15_15-19-49 photo_2023-07-15_15-20-10 photo_2023-07-15_15-20-21


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена