Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/O‘zbekiston va Turkiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik yuzasidan sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirishga bag‘ishlangan konferentsiya o‘tkazildi

O‘zbekiston va Turkiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik yuzasidan sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirishga bag‘ishlangan konferentsiya o‘tkazildi

« Back

O‘zbekiston va Turkiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik yuzasidan sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirishga bag‘ishlangan konferentsiya o‘tkazildi 11.06.2022 00:00

O‘zbekiston Geografiya jamiyati tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida «O‘zbekistonda sanoat kannabisi o‘simligini  yetishtirish istiqbollari va jahon tajribasi» mavzusida konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Geografiya jamiyati vakillari, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Turkiyaning Istanbul Texnika universiteti, Yozgat Bozok universiteti, Marmara universiteti professor va tadqiqotchilari,  shuningdek, “Baynet Global Diş Ticaret Limited Şirketi” va “Elite Arge” Turkiya tashkilotlari vakillari  ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekistonda sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirish istiqbollari, dorivor o‘simliklar, sanoat kannabisi kimyosi, uning sanoatda foydalanilishi, barqaror xom ashyo sifatida sanoat kannabisi, qishloq xo‘jaligi ma'lumotlarining tahlili, blokcheyn texnologiyasi,  qishloq xo‘jaligi kelajagi uchun texnologiyadan foydalanish yuzasidan ma'ruzalar qilindi.

Konferentsiya ishtirokchilari tomonidan mazkur mavzularga oid yo‘nalishlarning rivojlanishi bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarga aloqador bajarilayotgan ilmiy ishlar haqida ma'lumotlar berildi va kelgusida yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar innovatsion imkoniyatlarga ega, kelgusida ishlab chiqarishga joriy etilishi mumkin bo‘lgan ishlanmalarni ham taqdim etdilar.

Ta'kidlash joizki, sanoat kannabisi iqtisodiy va ekologik jihatdan O‘zbekiston iqlimiga mos o‘simlik bo‘lib, uning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Jumladan, kannabis eng tez o‘suvchi ekinlardan biri bo‘lib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektar yerdan unga nisbatan 4 barobar ko‘p sellyuloza olinadi, qishloq xo‘jaligi kimyoviy preparatlari nisbatan kamroq ishlatiladi hamda suvni ancha kam talab qiladi, atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi. Shuningdek, xo‘jalikda foydalanishdan chiqarilgan yerlarni qayta tiklash uchun tuproqdagi zaharli moddalarni tozalashda nihoyatda foydali bo‘lib, 110 kun ichida o‘simlikning bo‘yi 2-3 metrga yetadi va bir mavsumda bir necha marta hosil olish imkonini beradi.

Jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Sanoat kannabisi barqaror xom ashyo sifatida to‘qimachilik, qurilish, kosmetika, qog‘oz, oziq-ovqat, bioyoqilg‘i va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.

Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar texnik kannabis yetishtirish, uni sanoat asosida qayta ishlash, sotish va boshqalar bilan bog‘liq faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan beriladi. Ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar olish maqsadidagi bojlar miqdori 2020 yil 3 dekabrdagi O‘RQ-653-sonli "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunining 17-moddasida ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda sanoat kannabisi bilan bog‘liq ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish maqsadida litsenziyalar olish uchun to‘lanadigan bojlar miqdori tasdiqlangan. O‘simlikni yetishtirish uchun 3000 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM), import (eksport), qayta ishlash, saqlash, sotish, sotib olish va tashish kabi faoliyatlarning har biri uchun 200 BHM miqdorida tegishli to‘lovlar amalga oshirilishi talab etiladi. Sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirish va foydalanish huquqini beruvchi litsenziya 5 yil muddatga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 dekabrdagi 770-son va 2022 yil 1 martdagi 80-son qarorlari tasdiqlangan bo‘lib, mazkur qarorlar kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga soladi.

O‘zbekistonda sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirish barqaror qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan «yashil» iqtisodiyot tamoyillariga mos kelib, tabiiy va energiya resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Turkiyaning Istanbul Texnika universiteti, Yozgat Bozok universiteti va Marmara universiteti professor va tadqiqotchilari tomonidan sanoat kannabisi o‘simligini yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha Turkiyada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan konferentsiya ishtirokchilari atroflicha tanishtirildi. O‘zbekiston va Turkiyaning mazkur sohada faoliyat yuritayotgan olimlari  hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, konferentsiya davomida Turkiya malakatidan kelgan mutaxassislar blokcheyn texnologiyasi va uni amaliyotda qo‘llash mavzusida ma'ruzalar bilan so‘zga chiqib, uning afzalliklari to‘g‘risida atroflicha tushuntirib o‘tishdi. Blokcheyn texnologiyasini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va iste'molchilarga yetkazib berish jarayonlarida joriy etish bugungi kunda dunyoda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, “Blockchain” termini ingliz tilidan kirib kelgan bo‘lib, “zanjirli mexanizm” ma'nosini anglatadi. Boshqacha aytganda, blokcheyn texnologiyasi ma'lum bir elektron tizim doirasida amalga oshirilgan bitimlar yoki boshqa raqamli hodisalar majmuini o‘zida aks ettirgan ma'lumotlar bazasidir. Blokcheyn texnologiyasi asosida saqlanadigan ma'lumotlar xavfsiz va shaffof bo‘lib, ularni o‘zgartirish imkonsizdir.

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda «blokcheyn» texnologiyalarini ho‘jalik yurituvchi sub'ektlarining faoliyatiga joriy etish dunyoda dolzarb masallaridan biriga aylangan. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy jarayonlarining faoliyati, raqobatbardoshlikni oshirish, bozor iqtisodiyoti sub'ektlari o‘rtasida raqamli texnologiya tizimi asosida mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

 

конференция001      конференция002     конференция003      конференция004

            


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена