2022 yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Geografiya jamiyatining navbatdagi XI Kurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Qurultoyda 107 nafar O‘zbekiston Geografiya jamiyati a’zolari – rais o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va doktorantlar ishtirok etdilar.
Qurultoy yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilidi:
1. O‘zbekiston Geografiya jamiyatining 2020-2022 yillarda olib borilgan faoliyati bo‘yicha hisoboti va navbatdagi ustuvor vazifalarni belgilash;
2. O‘zbekiston Geografiya jamiyatining yangi tahrirdagi ustavi, yangi shakldagi ramzi, Vasiylik Kengashining tarkibini tasdiqlash;
3. O‘zbekiston Geografiya jamiyatining Abu Rayhon Beruniy nomidagi ordeni hamda Hamidulla Xasanov nomidagi medalini joriy etish, ularning mazmuni va taqdirlash tartibini tasdiqlash;
4. O‘zbekiston Geografiya jamiyati hamraislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha mas’ullarni tasdiqlash.
Qurultoyda yuqoridagi masalalar ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.