2022 yil 24 mart kuni Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinbayev va Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi delegatsiya oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi mehmonlarni qutlar ekan, Turkiy davlatlar tashkiloti va Turkiyaning nufuzli delegatsiyasining mazkur tadbirda ishtirok etishi Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasidagi koʼp qirrali munosabatlarni yanada izchil rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari, jumladan, investitsiya, geografik tadqiqotlar, turizm, taʼlim, fan va boshqa ustuvor yoʼnalishlar muhokama qilindi.