Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/GEOGRAFIYA FANI VA RAQAMLI IQTISODIYOT

GEOGRAFIYA FANI VA RAQAMLI IQTISODIYOT

« Back

GEOGRAFIYA FANI VA RAQAMLI IQTISODIYOT 17.10.2023 17:47

“GEOGRAFIYA FANI VA RAQAMLI IQTISODIYOT: MUAMMO VA ISTIQBOLLAR”

MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BOʻLIB OʻTDI.

 

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotiga kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi globallashuv jarayonida iqtisodiyotni yanada tezlashuviga olib kelmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “Bundan buyogʻiga raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilib boʻlmaydi”. Shu jihatdan, joriy yilning 12–13-oktyabr kunlari Namangan davlat universiteti Geografiya kafedrasida Oʻzbekiston Geografiya jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Geografiya fani va raqamli iqtisodiyot: muammo va istiqbollar” mavzusidagi  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻzining dolzarbligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Konferensiya yalpi majlisida Moskva davlat pedagogika universiteti, Rossiya davlat pedagogika universiteti, Blagoveshensk davlat pedagogika universiteti,  Namangan viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasi vakillari, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Respublika boʻyicha taʼlim muassasalaridan geografiya fani oʻqituvchilari hamda NamDU Tabiiy fanlar fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti, Namangan davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etdilar.

Konferensiya jarayoni ZOOM platformasi orqali internet tarmogʻiga uzatilib, platformada respublikaning barcha OTMlari geografiya fakultetlari geograf-olimlar, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qirgʻiziston Respublikasidan olim-mutaxassislar hamda viloyat taʼlim muassasalari geografiya oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Maʼruza mavzulari zamonaviy geografik tadqiqotlarda raqamlashtirish masalalari va raqamli iqtisodiyot, tabiiy geografik va landshaft-ekologik tadqiqotlar, ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanish muammolarini hal etishda geografik tadqiqotlarning roli, zamonaviy urbanizatsiya,  demografik va migratsion jarayonlarni geografik tadqiq etish, global va mintaqaviy oʻzgarishlar sharoitida raqamli iqtisodiyotdan foydalanishning geografik jihatlari hamda zamonaviy geografiya taʼlimining dolzarb masalalarini qamrab oldi.

Xalqaro konferensiya Geografiya fani oldida turgan dolzarb masalalarning ijobiy yechimini topish hamda ularni bartaraf etilishiga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqilishini qamrab oldi.

Рисунок2

Рисунок4

Рисунок6

Рисунок5

Рисунок7


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена