Mamlakatimizning 14 ta hududidagi yaxshi oʼrganilmagan muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar va madaniy obʼektlar hamda tabiat goʼzalliklari toʼgʼrisida maʼlumotlarni toʼplash, ularni OАV, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish orqali aholi xabardorligini oshirish, talaba-yoshlar oʼrtasida turizmning ijtimoiy ahamiyatini keng targʼib etish, Respublikamiz hududlarining turistik obʼektlari va imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, innovatsion fikr va gʼoyalar asosida fotomateriallar yaratishga qodir yoshlarni tarbiyalash maqsadida Oʼzbekiston Geografiya jamiyati tomonidan 2020 yilning 26 avgust - 15 sentyabr kunlari “Oʼz diyoring kashf et!” mavzusidagi fotomateriallar tanlovi tashkil etildi.
Tadbir davomida Oʼzbekiston boʼyicha jami 517 ta fotomateriallar kelib tushib, baholash natijasida 7 ta hududdan, yaʼni Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan quyidagi gʼoliblar aniqlandi:
1. “Аyoz qalʼa” nomli fotoasar (Qoraqalpogʼiston Respublikasi);
2. “Zomin togʼlarida” nomli fotoasar (Jizzax viloyati);
3. “Zumrad koʼl” nomli fotoasar (Namangan viloyati);
4. “Taxtaqoracha dovoni” nomli fotoasar (Samarqand viloyati);
5. “Boysun togʼidagi Xoʼja Gur-gur ota sari ” nomli fotoasar (Surxondaryo viloyati);
6. “Nanay” nomli fotoasar (Toshkent viloyati);
7. Gʼilon qishlogʼi” nomli fotoasar (Qashqadaryo viloyati).
Shuningdek, hakamlar hayʼati tomonidan 4 ta nominatsiyalarda gʼolib topilgan ishlar ham aniqlandi. Nominatsiyalar gʼoliblari:
1. Peyzaj aks etgan eng yaxshi fotosurat nominatsiyasi – “Qush tili (Lison ut tayir) qoyasi” nomli fotoasar;
2. Tarixiy obida tasvirlangan eng yaxshi fotoasar nominatsiyasi – “Аmir Temur maqbarasi qishda” nomli fotoasar;
3. Ziyoratgoh aks etgan eng yaxshi fotosurat nominatsiyasi – “Qosim Shayh maqbarasi” nomli fotoasar;
4. Eng yaxshi ponorama fotosurat nominatsiyasi – “Baxmalning baxmal adirlari” nomli fotoasar.
2020 yilning 30 oktyabr kuni tanlov gʼoliblarini taqdirlash marosimi oʼtkazildi.