Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi Hasanov Hamidulla Hasanovichning “Sayyoh Olimlar” deb nomlangan kitobini nashr etish, shuningdek, turk tiliga tarjima qilish ishlari olib borilmoqda

Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi Hasanov Hamidulla Hasanovichning “Sayyoh Olimlar” deb nomlangan kitobini nashr etish, shuningdek, turk tiliga tarjima qilish ishlari olib borilmoqda

« Back

Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi Hasanov Hamidulla Hasanovichning “Sayyoh Olimlar” deb nomlangan kitobini nashr etish, shuningdek, turk tiliga tarjima qilish ishlari olib borilmoqda 18.10.2021 10:44

Oʼrta Osiyo yer yuzining qadimiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biridir. Oʼrtaosiyoliklar dunyo tarixiga, insoniyat madaniyatiga ulugʼ hissa qoʼshgan, soʼnmas yodgorliklar yaratgan xalqlardandir.

Hozirda, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi Hasanov Hamidulla Hasanovichning “Sayyoh Olimlar” deb nomlangan kitobini nashr etish, shuningdek, turk tiliga tarjima qilish ishlari olib borilmoqda.

Geografiya fanlari doktori, professor, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, sayyoh olim, maʼrifatparvar, mamlakatimizdagi hozirgi geograflar avlodining sevikli ustozi H.H.Hasanov (1919-1985) hayotini ilmiy va pedagogik faoliyatga bagʼishlagan. Uning ilmiy-pedagogik faoliyati geografiya tarixi, geografik terminologiya, toponimika, taʼlim metodikasi, tarjimonlik, ilm-fan targʼiboti, jurnalistika va boshqa sohalarni oʼz ichiga oladi.

Kitobda oʼrtaosiyolik va xurosonlik sayyohlar va geograf olimlarning jahon fani va madaniyati xazinasiga qimmatli hissa qoʼshganligi, ularning hayoti, ijodiy faoliyatlari va sayohatlari ommabop tilda, ocherk tarzida bayon qilingan.  

Kitob Oʼrta Osiyo geografiya fani tarixi, sayyoh olimlarining hayoti hamda asarlari bilan qiziquvchi keng kitoblar ommasiga, oʼquvchilar va talabalarga moʼljallangan.


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена