2021 yilning 18 dekabr kuni Toshkent shahrida Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinboev va Istanbul Medeniet universiteti (Turkiya) vakillari oʼrtasida geografiya, fan, ilmiy-tadqiqot, taʼlim, innovatsiyalar, texnologiya va hamkorlikning boshqa sohalarida qoʼshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Ushbu uchrashuv doirasida Oʼzbekiston Geografiya jamiyati va Istanbul Medeniet universiteti oʼrtasida hamkorlik memorandumini imzolash boʼyicha kelishuvga erishildi.
Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinboev taʼkidlaganidek, Memorandumning imzolanishi oʼzaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, oʼzaro tajribani boyitish va geografik tadqiqotlarning ustuvor yoʼnalishlari bilan bogʼliq loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada oshirish hamda oʼzaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʼshish imkonini beradi.