Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/Oʼzbekiston Geografiya jamiyati Turkiya Geografiya jamiyati bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati Turkiya Geografiya jamiyati bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

« Back

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati Turkiya Geografiya jamiyati bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi 21.09.2021 00:00

21 sentabr kuni Toshkentda Oʼzbekiston Geografiya jamiyati va Turkiya Geografiya jamiyati oʼrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Oʼzaro anglashuv memorandumini Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinboev va Turkiya Geografiya jamiyati prezidenti Аhmet Ertek imzolashdi.

Bitim ishtirokchilari birgalikda ilmiy-tadqiqot va nashriyot faoliyatini amalga oshirish, geografiya sohasida tajriba va axborot almashish, ilmiy aloqalarni rivojlantirishga koʼmaklashish niyatida. Geografiya fanini rivojlantirish doirasida dolzarb yoʼnalishlarda qoʼshma ilmiy-amaliy anjumanlar oʼtkazish rejalashtirilgan.

Oʼzbekiston Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinboev taʼkidlaganidek, Memorandumning imzolanishi geografik tadqiqotlarning ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha kelgusida amalga oshiriladigan qoʼshma loyihalar va ikki mamlakat geografiya fanlari rivojiga hissa qoʼshish uchun prinsipial ahamiyatga ega. Jumladan, oʼzbekcha-turkcha va turkcha-oʼzbekcha geografik lugʼatni ishlab chiqish, toponimik lugʼat yaratish va boshqa tegishli loyihalarni amalga oshirish.


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена