Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʼzbekiston Geografiya jamiyati oʼrtasida geografik tadqiqotlarni tashkil etish boʼyicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov va Oʼzbekiston Respublikasi Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinboev oʼrtasida geografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliyotga joriy etish boʼyicha uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida, tomonlar Respublikaning gegografiya sohasida ilmiy salohiyatini, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, geografik ekotizmni rivojlantirish, yosh avlodning geografiya va tadqiqot sohasidagi ilmiy salohiyatini rivojlantirish boʼyicha qoʼshma dasturlarni tashkil etish doirasida hamkorlik yoʼnalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, geografik tadqiqotlar sohasida qoʼshma dasturlarni tashkil etish, mahalliy geograflarning ilmiy ishlarini nashr etish, tajriba almashish va geografik bilimlarni targʼib qilish boʼyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Geografiya jamiyati oʼrtasida oʼzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar geografiya sohasida ilmiy, tadqiqot, oʼquv va ishlab-chiqarish tashkilotlari faoliyatining oʼzaro integratsiyalashuviga yordam berish, mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslarini, shuningdek ilmiy-amaliy konferentsiyalar va seminarlar oʼtkazish boʼyicha kelishib oldilar.