Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/«Konstitutsiya – o‘zimizniki»

«Konstitutsiya – o‘zimizniki»

« Back

«Konstitutsiya – o‘zimizniki» 14.04.2023 00:00

Yangilanayotgan Konstitutsiya - yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.

2023 yil 9-10 mart kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala muhokama qilindi.

Majlisda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlash jarayonida 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin davlatlar konstitutsiyalari puxta tahlil etilganligi, xalqaro ekspert va mutaxassislar tomonidan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan barcha qoidalarini o‘zida mujassam etgan hujjat sifatida yuqori baholanganligini qayd etdilar.

Shuningdek, majlisda Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgani, ya’ni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilangani, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘paygani hamda shulardan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, bir so‘z bilan aytganda, loyiha tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi alohida ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum sanasini 2023 yil 30 aprel deb belgilash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining xulosasini olish to‘g‘risidagi masala ham qo‘llab-quvvatlandi.

Yangilangan Konstitutsiya ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘lishi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan Qonunchilik palatasining yuqoridagi qarori 2023 yil 13 mart kuni ko‘rib chiqilib, uni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, 2023 yil 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu majlisda senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilinib, unga ko‘ra referendum 2023 yil 30 aprel kuniga tayinlandi.

Shu o‘rinda, joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Ushbu tantanali marosimda davlatimiz rahbari mamlakatimizdagi yangilanishlar jarayoni to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, keyingi yillarda “inson – jamiyat - davlat” tamoyili asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va maqsadlariga ham alohida to‘xtaldi.

Bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlar mamlakatni tubdan isloh qilishni, kompleks siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy yangilanishlarni izchil olib borishni talab etadi. Konstitutsiyamizni Yangi O‘zbekiston voqeligiga mos ravishda yangilash jarayoni bu yo‘ldagi katta qadamdir.

Shuningdek, Asosiy qonunning yangi tahririni tayyorlash doirasida keng jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilganligi, tajribali mutaxassis va olimlar, xorijiy hamkorlar, ixtisoslashgan xalqaro institutlar va tahliliy markazlarning takliflari hisobga olinganligi qayd etildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi va yuqoridagi referendum haqida saylov.uz saytida ham batafsil ma’lumot olib, tanishish mumkin.


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена