Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2022 yil 3-4 iyunь kunlari «Iqlim o‘zgarishi sharoitida gidrometeorologik tadqiqotlar: dolzarb muammolar va ularning yechimlari» mavzuida professor F.Hikmatov tavalludining 70 yilligi doirasida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda O‘zbekiston geografiya jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Konferentsiyada Rossiya, Germaniya, Belarusь, Qozog‘iston, Tojikiston respublikalaridan 10 ga yaqin nufuzli ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlaridan taniqli olimlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferentsiyada iqlim o‘zgarishi, meteorologiya, agrometeorologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, suv resurslari va ularni muhofaza qilish, gidrometeorologik xatarlar va ularni oldindan ogohlantirish tizimini yaratish, global iqlim o‘zgarishining tabiiy geografik jarayonlarga ta'siri hamda uning iqtisodiy va ijtimoiy geografik oqibatlari, gidrometeorologik tadqiqotlarda zamonaviy GAT texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek, iqlim o‘zgarishi muammolarini oliy ta'lim muassasalari o‘quv adabiyotlarida yoritish kabi masalalar muhokama qilindi.