Home/Аxborot va nashrlar/Аsosiy yangiliklar/Geografik obyektlarga nom berish talablari takomillashtirilmoqda

Geografik obyektlarga nom berish talablari takomillashtirilmoqda

« Back

Geografik obyektlarga nom berish talablari takomillashtirilmoqda 08.10.2022 12:43

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz uchinchi majlisida senatorlar tomonidan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda mazkur Qonun jamoatchilikning taklif va fikr-mulohazalari inobatga olingan holda ishlab chiqilganligi alohida qayd etildi.

Qonun 4 ta moddadan iborat bo‘lib, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6 ta moddasiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar, shu jumladan, jamoat va davlat arboblarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomini geografik obyektlarga berishda kelib chiqayotgan turli muammolar bartaraf etiladi.


Яндекс.Метрика
Оставьте заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста,
заполните свои контактные данные
Indicates required fields
Ваше имя:*
Indicates required fields
Телефон:*
Indicates required fields
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Спасибо! Форма отправлена