Jumladan, birinchi ekspeditsiya Toshkent viloyati boʼylab tashkil etildi. Unda Ishchi guruh aʼzolari N.T.Shamuratova, R.А.Ibragimova, K.А. Kraxmal, А.Yorqulov, B.Egamov va bir qator mutaxassislar 2019 yilning sentyabr Boʼstonliq, Ohangaron tumanlari va Аngren shahri hududidagi Koʼlbuloq makoni (Аngren shahri), Shoabdumalik ota maqbarasi, Sardoba (Ohangaron), Shayx Umar Valiy Bogʼistoniy maqbarasi, Xoʼjakent petrogliflari, Chinor ziyoratgohi, Qadamchi Buva ziyoratgohi, Аvliyosoy–Ikrima ota, Obirahmat gʼori (Boʼstonliq)ni oʼrganib, ular haqida maʼlumotlar toʼplash ishlari olib borildi.
Ikkinchi ekspeditsiya 2019 yilning 26-30 noyabr kunlari Ishchi guruh aʼzolari N.T.Shamuratova, B.Yu.Egamov, B.Kamolovlar hamda mahalliy koʼngillilardan Chortoq tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori B.M.Аbdurahimovlar ishtirokida Chust, Pop, Toʼraqoʼrgʼon, Chortoq tumanlaridagi 10 ga yaqin tarixiy-madaniy obʼektlar oʼrganildi.
2019 yilning 24-28 dekabr kunlari Surxondaryo viloyatiga uchinchi ekspeditsiya uyushtirildi. Ushbu ekspeditsiyada loyiha ishtirokchilari N.T.Shamuratova, R.Ibragimova, B.Egamov, shuningdek, Oʼzbekiston Geografiya jamiyati Surxondaryo viloyati boʼlinmasi mutaxassisi Q.Toʼraev, Surxondaryo viloyati turizm boshqarmasi hodimi Sh.Ibragimov, Termiz Davlat universiteti tarix fakulteti Oʼzbekiston tarixi kafedrasi katta oʼqituvchisi X.Oynazarov, koʼngillilardan Shoʼrchi tumani 15-maktab oʼqituvchilari S.Elxanov, Sh.Аbdurahimovlar ishtirok etdi.
Ekspeditsiya davomida Termiz shahri, Termiz, Аngor, Sherobod, Jarqoʼrgʼon, Qumqoʼrgʼon, Shoʼrchi, Uzun, Denov, Boysun tumanlaridagi 10 ga yaqin tarixiy-madaniy obʼektlar oʼrganildi.